«INFOLIB O’ZBEKISTON-2025» XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI va «Yangi O’zbekiston kutubxonachilari – Sun’iy intillekt orqali yuksak marralar sari!» Yosh kutubxonachilar V forumi (2025-yil,10-14 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan) dasturi doirasida joriy yilning 12-noyabr kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, tumanimizda joylashgan 525-sonli safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida “Zakovat bilan aqlingni charxla” mavzusida zakovat intillektual o’yini bo’lib o’tdi. Bellashuv so’nggida g’olib jamoalar kitoblar to’plami va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.