O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ – 46-sonli qarori ilovasi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 22-yanvar kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari va OnelD tizimi avzalliklari” mavzusida huquqiy bilimlar kuni tashkil etildi. Unda Sirdaryo tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi direktori Sh.Umarov hamda adliya bo’limi bosh maslahatchisi S. G’apparova va axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.