Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Hirotda dunyoga keldi. Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda «Navoiy», forsiy tilda esa «Foniy» taxalluslarini qo’llagan.
Orazin yopqoch, ko’zumdin sochilur har lahza yosh,
O’ylakim paydo bo’lur, yulduz nihon bo’lg’och quyosh-matlai bilan yozilgan g’azaliga Lutfiy o’zining o’n ikkiming baytdan iborat turkiy va forsiy devonini alishmoqchi bo’lgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 9-fevral kuni tumanimizga qarashli 40-IDUM kutubxonachisi Sulaymonova Malika va Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Navoiyxonlik» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.


