O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi »Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishini oshirish chora tadbirlari to’g’risida»gi 9-son qaroriga asosan, joriy yilning 13-17-aprel kunlari VI RESPUBLIKA KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 17-aprel kuni Sirdaryo tuiman axborot-kutubxona markazi tomonidan »KITOBXONLIK HAFTALIGI»ning yopilish munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida qatnashchilar tomonidan kuy qo’shiqlar, raqslar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Tadbir so’ngida faol qatnashgan kitobxonlar Axborot kutubxona markazi tomonidan bir qancha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.





