O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi »Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishini oshirish chora tadbirlari to’g’risida»gi 9-son qaroriga asosan, joriy yilning 13-17-aprel kunlari VI RESPUBLIKA KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 16-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va Sirdaryo IIV Akademik litseyiga tashrif buyurib, tumanimizdagi 1-5-6-11-sonli maktablarning yuqori sinf va litsey o’quvchilari ishtirokida »Zakovat» intellektual o’yini tashkil etildi.
🥇1-o’rin »Zakovat sardorlari»
🥈2-o’rin »Ilm fidoiylari»
🥉 3-o’rinni »Taxminchilar» komandasi qo’lga kiritdilar.
Bunday o’yinlarni tashkil etish o’quvchilarni intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.





