15-may-Xalqaro oila kuni munosabati bilan ushbu sanani keng nishonlash maqsadida joriy yilning 19-may kuni Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 27-maktabga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar ishtirokida “Kitobxon oila-namunali oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat jarayonida oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini ekani, insonning tarbiyasi, dunyoqarashi va kelajakdagi muvaffaqiyati avvalo oilada shakllanishi haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, mehr-oqibat, hurmat, ishonch va birdamlik kabi insoniy fazilatlar oilada kamol topishi, sog‘lom va mustahkam oila jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekani alohida ta’kidlandi.


