Joriy yilning 5-iyun kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimizdagi 27-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan to’garak a’zolari hamda faol kitobxon o’quvchilar ishtirokida «Kitob misoli oftob» mavzusida kitob targ’iboti tadbiri o’tkazildi.
Tadbir davomida o’quvchilarga turli badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, mutolaaning inson kamolotidagi o’rni, kitobning ma’naviy hayotimizdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlari va yosh xususiyatlariga mos kitoblar tanishtirildi.
Mazkur tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitobga bo’lgan qiziqishni oshirish hamda mutolaani keng targ’ib qilishdan iboratdir.