Joriy yilning 8-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo tumani bo‘linmasi mutaxassisi Xolmurodov Savron tomonidan Axborot-kutubxona markazi hamda 40-sonli maktab o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” g‘oyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.
Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizning birdamligi, tinchlik va osoyishtalikni asrash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.




