Joriy yilning 19-oktabr kuni 525-safarbarlik çaqiruvi rezervi batalyonida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Sirdaryo tumani Ma’naviyat markazi xodimlari iştirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida Davlat bayroğimizning yaratiliş tarixi, uning qabul qilinişi bilan boğliq muhim tarixiy voqealar, bayroğimizda aks etgan ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati haqida atrofliça ma’lumotlar berildi. Şuningdek, muqaddas bayroğimiz xalqimizning milliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilişlari, tinçlik va osoyiştalik, Vatanimiz mustaqilligi hamda xalqimiz birligining yorqin timsoli ekanligi alohida ta’kidlandi.
Uçraşuv davomida iştirokçilar bilan Vatanga muhabbat, milliy ramzlarimizga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini mustahkamlaşga qaratilgan mazmunli suhbatlar olib borildi.
Tadbir harbiy xizmatçilar va yoşlar qalbida milliy ğurur, vatanparvarlik hamda ona yurtga sadoqat tuyğularini yanada yuksaltirişga xizmat qildi.
Zero, Davlat bayroğı-bu şunçaki mato emas, balki xalqimizning şa’ni, ğururi, ozodligi va mustaqilligining muqaddas ramzidir. Uni e’zozlaş va ardoqlaş har birimizning muqaddas burçimizdir!



