Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida Sirdaryo viloyat hokimligi va O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo’limi tomonidan 2024-yil 17-dekabr kuni O’zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirishdagi fidokorona xizmatlari hamda yosh avlodni tarbiyalashdagi munosib hissasi uchun viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ko’plab madaniyat va san’at vakillari tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi direktor v.b. M.Tashtanov va xo’jalik ishlari mudiri A.Axmatovlar ham Sirdaryo viloyat hokimining hamda O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo’limining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.