O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi topshirig’iga muvofiq, mamlakatimizda
“O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 21-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o’rtasida «Ona yurt fidoiylari» nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda faol kitobxonlar klubi a’zolari ishtirok etdilar.