“O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 23-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va Sirdaryo tumani 6-sonli umumta’lim maktabi hamkorlikda 23-aprel Butunjahon kitob va mualliflik huquqlari kuni munosabati bilan «Kitob va kitobxonlik» va «Tabiat qo’ynida kitob mutolaa qilamiz» mavzusida Sirdxaryo tumani yoshlar xiyobonida tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida o’quvchilar bilan tezkor savol-javoblar o’tkazildi. Kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda tumanimizdagi 6-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan she’r va raqslar ijro etildi.