Joriy yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida IV-Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” o‘z ishini boshladi. Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida ham ushbu haftalikning  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda haftalik mehmonlari, ishtirokchilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbirning ochilish marosimida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo bo‘limi rahbari o’rinbosari – J.Turopov so’zga chiqib tadbir ishtirokchilarini Kitobxonlik haftaligi o‘z ishini boshlagani bilan qutlab, mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlarimizning kitobga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida qayd etdilar. Tadbirda Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazining barcha mutaxassis xodimlari ishtirok etishdi.