Joriy yilning 23-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida Kitobsevar millat shiori ostidagi IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning ikkinchi kunida “Yangi O`zbekiston-kitobxonlar yurti” nomli ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Respublika ma`naviyat markazi Sirdaryo tuman bo`linmasi mutaxassisi Jahongir Turapov, O`zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish partiyasi Sirdaryo tuman kengashi raisi, deputat Rustam Qodirov, 27-IDUM kutubxonachisi Habiba Mo`minova, kitobxon yoshlar va TAKM mutaxassislari ishtirok etdilar.