Joriy yilning 7-may kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida maktablar o’rtasida «Eng yaxshi kitobxon maktab» ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlov quyidagi 3 ta shart asosida o’tkazildi.
1-shart: «Maktab kutubxonasi» mavzusida taqdimot tayyorlash.
2-shart: «O’zbek shoir va yozuvchilari hayoti va ijodi» sharti. Ushbu shartda ishtirokchilar o’zbek adabiyotining shoir va yozuvchilari haqidagi savollarga bilet tortish orqali javob berishdi.
3-shart: «O’zbek va jahon adabiyoti bilimdoni» sharti.Ushbu shartda o’zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblardan parcha o’qildi, ishtirokchilar tomonidan asarni topish hamda mazmun-mohiyati, g’oyasi va ahamiyati to’g’risida gapirib berildi. Sharhlash jarayonida ishtirokchilarning bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo’shimcha savollar berildi.
Tanlov so’nggida g’olib jamoalarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.