“O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 24-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi hamda Sirdaryo tumani 43-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda kitobxonlar o’rtasida «Jannatimsan Sirdaryo» kitobining taqdimoti va o’lkamiz ijodkorlari haqida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida 43-sonli umumta’lim maktabining o’quvchilari O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon she’rlaridan o’qib berishdi.




