O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi topshirig’iga muvofiq, mamlakatimizda “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 25-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida «Siz kutubxonani bilasizmi» mavzusida 27-sonli umumta’lim maktabi va 40-maktab o’quvchilari tomonidan kutubxona bo’ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga kutubxona markazining ish faoliyati, fondi va kutubxonada tashkil etilgan milliy qadriyatlarimiz aks ettirilgan burchak bilan tanishtirildi. Ekskursiya davomida kitobxonlar bilan o’lkamiz ijodkorlari haqida tezkor savol-javoblar o’tkazildi.