“O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 25-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida, «Siz kutubxonani bilasizmi» mavzusida 11-sonli umumta’lim maktabi va 41-maktab o’quvchilari tomonidan kutubxona bo’ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida AKM direktori Xonto’rayeva Dilafruz Baxramovna kitobxonlarga kutubxona markazida tashkil etilgan «Ma’naviyat – millat ko’zgusi» burchagi hamda Prezident asarlari haqida ma’lumot berib o’tdi. Ekskursiya davomida kitobxonlar bilan «Badiiy asarlar bilimdoni» mavzusida tezkor savol-javoblar o’tkazildi.