“O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 25-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot kutubxona markazi o’quv zalida «Zakovatli kitobxonlar» shiori ostida faol kitobxonlar o’rtasida zakovat intellektual o’yini tashkil etildi. Ushbu o’yinda tumanimizdagi 40-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar 2 ta jamoaga bo’lindi. 1-jamoa «LIDERLAR» 2-jamoa «ZUKKOLAR» jamoasi. Ushbu o’yin qiziqarli bahs va munozaralarga boy tarzda o’tdi.
Ushbu o’yinda 36 ball bilan «LIDERLAR» jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’olib bo’lgan jamoa Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar to’plami bilan taqdirlandilar.