O‘zbekiston –kitobxonlar yurti” shiori ostida tashkil etilgan V Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” doirasida joriy yilning 25-aprel kuni Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat va tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari o‘rtasida “Zakovatli kutubxonachi” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbir jarayonini “Zakovat intellektual klubi” NNT mutaxassisi D. Jo‘rayev va Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi direktori o‘rinbosari Z. Sarmanovalar baholab bordi.

Tadbir so‘nggida faxrli 1-o‘rinni Ideal, 2-o‘rinni Lider va 3-o‘rinni Erudit jamoasi egallashdi. G‘oliblarga markaz tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar taqdim etildi.