Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida tugʻildi. Ikki yoshida onasidan ayrilib, xolasi Qarshigul Xonnazar qizi tarbiyasida qoladi. “Es-es bilaman, – deydi Halima. – Qarshigul aya kechalari chiroq yorugʻida qarsillatib savagʻich solib, pat toʻqir, men u kishining yonida oʻtirib, basma-bas patning turini chalishardim. Pat gilam gulining biror joyi buzilmay chiqayotganini koʻrib onam “oʻzimni chevar qizim” deb peshonamdan oʻpib qoʻyar, koʻngillari iyib ketsa, boshidan kechgan bir-yarim voqealarni hikoya qilib berardilar…”.