O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ – 46-sonli qarori ilovasi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 14-noyabr kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida «Inson va qonunlar» mavzusida huquqiy bilimlar kuni tashkil etildi. Unda Sirdaryo tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi S. G’aparova va TAKM xodimlari ishtirok etishdi.


