Jonajon O’zbekistonimizning o’z bayrog’iga ega bo’lganiga 34 yil to’lishi munosabati bilan 2025-yil 13-noyabr kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida 41-sonli maktab kitobxon yoshlari ishtirokida «Muqaddasdir Vatan bayrog’i» mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir davomida kitobxon o’quvchilar o’zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarini taqdimotini va Vatanimiz bayrog’ini madh etguvchi she’r va qo’shiqlar ijro etishdi. Milliy qadriyatlarimiz burchagi bilan tanishtirildi va o’quvchilar bir qancha ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Tadbir so’nggida ishtirokchilar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.






