Komil inson boʼlib yetishish uchun kitobning oʼrni beqiyosdir. Aholi va yoshlarni kitob bilan ishlashga odatlantirish ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. Kitobxonlik yoshlarning maʼnaviy boyligini oshiradi, ularni mehnat va ijodiy yoʼlga boshlaydi. Kitob hayotning ulugʼvorligini anglab olishga, u haqida mustaqil fikr yuritishga yordam beradi.

Joriy yilning 16-fevral kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimizga qarashli 525-sonli Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoniga tashrif buyurib, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani, hamda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg va tarjimon Shuhratning «Oltin zanglamas» asari taqdimot qilib berildi. Taqdimot o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishdir.