«Derazamning oldida bir tup, o’rik oppoq bo’lib gulladi.
Shoiraning yoqimli lirik sozi sadolari o’zbek she’riyati navolari orasida yaqqol ajralib turadi, ko’ngillarga yorqin ruh bag’ishlaydi, nur ulashadi.
Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan.
2026-yilning 2-mart kuni Sirdaryo tumaniga qarashli 40-maktab va Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorlikda 40-maktabning faollar zalida shoira Zulfiya tavalludiga bag’ishlab, «Bahor keldi seni so’roqlab» mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan shoiraning she’rlari yod olindi, qiziqarli savol-javoblar o’tkazilib, faol ishtirokchilar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.



