O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 9-son qaroriga asosan, joriy yilning 13-17-aprel kunlari VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» o’tkazilishi rejalashtirilgan. VI RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» doirasida joriy yilning 13-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va Sirdaryo tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda kitobxonlar o’rtasida O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan yozuvchi ning hayoti va ijodiga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida yozuvchining kitoblaridan tashkil topgan ko’rgazma bilan tanishtirilib, kitob taqdimotlari o’tkazildi.


