Muhammad Yusuf o’zbek xalqining daryo qalbli, fidoyi farzandi edi. U Vatandoshlarini jondan sevdi, joni qadar dardini qalamga tizdi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 22-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag’ishlab «Betakror shoir» mavzusida ko’rgazma tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmada shoirning bir qancha kitoblari va rasmli faktlar o’rin olgan.
Muhammad Yusuf she’rlari bilan, yorug’ siymosi bilan hamisha qalbimizda yashaydi.
