O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning, O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf haqida shunday so’zlari bor.
Muhammad Yusuf qisqa umr kechirdi. Undan chinakam,betakror ijodiy meros qoldi. Haqiqiy ma’nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga ham taaluqli bo’lg’ay desam, inshoolloh, xato qilmagaydirman.
Muhammad Yusufning she’rlarida ona yurt mehri,bolalikni sog’inish tuyg’usi jo’shib turadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 22-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida, faol kitobxonlar ishtirokida O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag’ishlab «Betakror shoir» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.


