O‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi qalblarga chuqur kirib boradigan, sodda va samimiy ohanglari bilan ajralib turadi. Uning she’rlarini o‘qir ekansiz, go‘yo o‘z dardlaringiz, his-tuyg‘ularingiz ifodasini topgandek bo‘lasiz. Shoirning xalqona uslubda yozilgan asarlari har bir kitobxon qalbidan o‘rin olgan bo‘lib, uni o‘qimagan o‘zbek kitobxoni deyarli topilmasa kerak.
Shu munosabat bilan joriy yilning 27-aprel kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tumandagi 6-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida shoir tavalludining 72 yilligiga bag‘ishlab “Betakror shoir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan shoirning bir qator she’rlari ifodali tarzda yoddan aytildi. Shuningdek, kuy-qo‘shiqlar yangrab, milliy raqslar ijro etildi. Bularning barchasi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamladi.
Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va untilmas tarzda o‘tkazildi.






