Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 2-fevraldagi 11-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 18-may kuni Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazida har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan navbatdagi “Kitobxon onalar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari, “Bahor” MFY, “Oqibat” MFY, “Yoshlik” MFY xotin-qizlar faollari hamda mutolaasevar kitobxonlar ishtirok etdilar.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad-kitobxon oilalar sonini 10 mingtaga ko‘paytirishga erishish, ayniqsa uy bekalari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish orqali farzandlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirishdan iboratdir.
Tadbir davomida kitobxonlikning oiladagi o‘rni, mutolaaning inson kamolotidagi ahamiyati haqida fikr almashilib, ishtirokchilarga tavsiya etiladigan badiiy va ma’rifiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.