Joriy yilning 25 – iyun kuni
Sirdaryo tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanining “Yoshlik” MFY da tashkil etilgan kutubxona kitoblariga ishlov berish va ularni joylashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berib metodik yordam ko’rastildi. Tashrif davomida fondga kelib tushgan yangi adabiyotlar, qo‘shimcha nashrlar va elektron resurslar ro‘yxatini shakllantirish, mavjud kitoblarni saqlash sharoitlarini to‘g‘ri tashkil etish, fondlarni tartibga solish, tozalash va ta’mirlash ishlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Mazkur hamkorlik mahallalarda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi
Shu bilan birgalikda kitoblar targ’iboti o’tkazilib, o’qishga tavsiya etildi.


