Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari hamkorligida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, ekologik muammolarning oldini olish borasida muhim tushunchalar berildi. Shuningdek, ekologiya yo‘nalishidagi kitoblar targ‘ib qilinib, kitobxonlik va ekologik ongni uyg‘un rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida ekologik mavzudagi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bunday hamkorlikdagi tadbirlar yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni kitob mutolaasiga jalb etish hamda jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



