Joriy yilning 6-avgust kuni “Yoshlar kuni” doirasida “Innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika kuni” mavzusida Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan tashkil etilib, unda innovatsion texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda robototexnikaning bugungi kundagi ahamiyati, ularning ta’lim, fan va jamiyat rivojidagi o’rni haqida yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy texnologiyalarni o’rganish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda ilm-fanga qiziqishni oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tadbir yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni zamonaviy kasblarga qiziqtirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.



