Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Kelajak markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda amalga oshirish maqsadida Memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, intellektual salohiyatini oshirish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali ishlar olib boriladi.
📖 Kitob — tafakkur manbai, hamkorlik esa taraqqiyot garovidir!