2026-yil 15-sentabr kuni Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazida har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan navbatdagi “Kitobxon onalar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Sirdaryo tumani “Oqila ayollar harakati” faollari ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi-xotin-qizlar, ayniqsa, uy bekalari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda kitob mutolaasi orqali farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Tadbir davomida Sirdaryo tumanidagi “Oqila ayollar harakati” faoli Xamidova Dilfuza opa so‘zga chiqib, tumanda kitobxonlikni rivojlantirish, xotin-qizlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, farzand tarbiyasida onalarning kitobxonligi va shaxsiy namunasi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, sevib mutolaa qilayotgan kitoblari, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlari va farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni haqida suhbatlashdilar.
Tadbir so‘ngida faol kitobxonlarga kitoblar taqdim etilib, ularni muntazam mutolaa qilishga, yangi bilim va taassurotlar izlab yashashga da’vat etildi.