Sirdaryo viloyatida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining bilim va salohiyati, kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi hamda yangicha fikrlash qobiliyatini namoyon etishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada va o‘zaro sog‘lom raqobat muhitida bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, ijodiy qobiliyatlari, ilg‘or g‘oyalari hamda sohaga yangicha yondashuvlarini namoyish etib, o‘zaro tajriba almashish va fikr-mulohaza yuritish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir jarayonlari mazmunan boyligi, qizg‘in bahs-munozaralarga boyligi va ishtirokchilarning faolligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Mazkur tanlov axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining kasbiy mahoratini yanada oshirish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada ilg‘or tajriba va innovatsion g‘oyalarni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.


