Joriy yilning 6-oktabr kuni Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sirdaryo pedagogika texnikumi talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” g‘oyasining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.
Tadbirda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, shuningdek, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarga yurtimizning bugungi taraqqiyoti va kelajagini bunyod etishda birlik va hamjihatlikning muhim ahamiyati tushuntirildi. Yosh avlodni bilim olishga, faol va tashabbuskor bo‘lishga, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga chorlash tadbirning asosiy maqsadlaridan biri bo‘ldi.
Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


