Axborot – kutubxona markazida fondi ijtimoiy-siyosiy, texnik, qishloq xo‘jaliq, badiiy adabiyotlar o‘rin olgan.
Umumiy fond bosma va elektron hujjatlari 32 400 mingdan ortiq nusxadan iborat.
Axborot –kutubxona markazi xodimlarining bosh vazifasi kitob fondlaridan imkoniyati boricha to‘laroq foydalanishga sharoit yaratib berish, hamda foydalanuvchilar talabini qondirishdan iborat. Bugun AKMda 4ta xizmat faoliyat ko‘rsatmoqda.
AXBOROT-BIBLIOGRAFIYA XIZMATI
Foydalanuvchilarga bibliografik ma’lumot xizmatini amalga oshiradi, bibliografik sharhlar tayyorlaydi, sayohatlar o‘tkazadi, ma’lumotnoma va maslahatlar beradi. O‘lkashunoslik hujjatlari bilan ishlash o‘lkashunoslik bilimlarini yaratishga negiz yaratadi.
FONDLARNI JAMLASH, ISHLOV BERISH VA SAQLASH XIZMATI
Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- AKM fondini ilmiy-asoslangan holda butlashni ta’minlash;
- Foydalanuvchilarni so’rovlari asosida fondini vujudga keltirish;
- Yangi kelgan kitoblarni qabul qilish va hisobga olish;
- Chiqqan hujjatlarni hisobga olish;
- Axborot va kutubxonachilik hujjatlarini kataloglashtirib ishlov berish vazifalarini amalga oshiradi;
- Elektron katalogga noma-nom kiritilgan hujjatlar tashkil etdi;
- Fondning saqlanishini ta’minlash.
ABONEMENTLAR VA FOYDALANUVCHILARGA XIZMAT KO’RSATISH
Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi:
- AKM fondlarida saqlanayotgan resurslarni foydalanuvchilarga beradi;
- AKM foydalanuvchilari tomonidan “Axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalari”ga amal qilishlarini nazorat qiladi;
- Foydalanuvchilardan adabiyotlarni qabul qiladi, qaytarilgan adabiyot holatini nazoratga oladi.
Xizmatga biriktirilgan fondlar haqida ma’lumot beradi:
- Adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil qiladi;
- Adabiyotlarning sharhlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi;
- Foydalanuvchilar uchun konferensiyalar, yozuvchi va shoirlar, fan va madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi.
Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlarni olib boradi.
AKMning foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida, nizomlar, eslatmalar, yo‘riqnomalar va tavsiyalar tuzadi.
Axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish va belgilangan xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha OAV bilan faol hamkorlikda ish olib boradi.
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA RAQAMLASHTIRISH XIZMATI
Elektron kutubxonani shakllantirishda maqsadli ishlarni amalga oshiradi.
AKM faoliyatiga oid xujjatlarni, milliy va xorijiy tillardagi kitoblar, gazetalar, jurnallar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar, noyob qo’lyozmalar, fotoplyonkalarni raqamlashtirish va kutubxonaning ma’lumotlar bazasida saqlash ishlarini rejada belgilangan tartibda olib boradi.
Elektron ko’rinishdagi resurslarni dasturiy ta’minot yordamida ishlov beradi.
AKMning to’liq electron ma’lumotlar bazasini yaratishda faol ishtirok etadi. Foydalanuvchilarning talab va takliflaridan kelib chiqib sohaviy xizmat ko’rsatadi.