Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalari

1. Umumiy qoidalar

1.1. Sirdaryo tuman Axborot-kutubxona markazi (keying matnda – Markaz) demokratik insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, fuqarolik, shaxsning erkin kamol topish prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.

1.2. Markaz foydalanuvchilarga asosiy axborot-kutubxona xizmatlarini bepul, ayrim qo’shimcha axborot –kutubxona xizmatlarini tasdiqlangan “Pullik xizmat ko’rsatish preyskuranti”ga asosan amalga oshiradi.

1.3. Markaz garderobida katta xajmdagi buyumlar , yong’in holatiga sabab bo’luvchi buyumlar, qimmatbaho buyum va pullar vaqtinchalik saqlash uchun ham qoldirilmaydi. Markaz ma’muriyati garderobda qoldirilgan qimmatbaho buyum va pullar uchun javobgar hisoblanmaydi.

2. AKMning asosiy vazifalari

2.1. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risidagi qonun xujjatlari, kitoblar va boshqa materiallarning saqlanishini ta’minlash xaqidagi qoidalarga muvofiq axborot – kutubxona fondlaridagi xujjatlar va materiallarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishga imkoniyat yaratish.

2.2. Universal axborot-resurslarning, milliy va xorijiy bosma elektron nashrlar fondini shakllantirish, saqlash va ochib berish.

2.3. Foydalanuvchilar so’roviga asosan boshqa axborot–kutubxona muassasalari, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda mavjud axborot–kutubxona xujjatlar va boshqa xujjatlarni olish imkoniyatini yaratish.

2.4. Axborot mahsulotlari yaratish va ularni xududdagi boshqa axborot–kutubxona muassasalariga foydalanish uchun taqdim etish.

3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari

3.1. Markaz foydalanuvchisi axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxs.

3.2. AKMga a’zo bo’lish uchun foydalanuvchilar shaxsini tasdiqlovchi xujjat–pasporti, voyaga etmagan foydalanuvchilar esa tug’ilganlik haqida guvohnoma va ota-onalar yoki vasiyning pasportini taqdim etishi zarur. Kutubxonadan foydalanishda Markaz joylashgan xududda doimiy ro’yxatdan o’tganligi yoki boshqa xududda istiqomat qilishi kutubxonadan foydalanishga mone’lik qilmaydi. AKMga a’zo bo’lish Markaz tomonidan tasdiqlangan “Pullik xizmat ko’rsatish preyskuranti”ga asosan amalga oshirildi.

3.3. Chet el fuqorolarining vaqtinchalik kutubxonadan foydalanishi xuquqi shaxsini tasdiqlovchi xujjat asosida beriladi.

3.4. Foydalanuvchilar Markaz xizmatlaridan foydalanishda va Markazni tanlashda erkin tanlash xuquqiga egadirlar.

3.5. Markaz foydalanuvchisining xuquqlari:

3.5.1. Foydalanuvchi Markazdan axborot–kutubxona fondida mavjud xujjatlardan bepul foydalanish.

3.5.2. Bibliografi ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda Markaz tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlrning boshqa turlaridan foydalanish. 

3.5.3. Foydalanuvchi  axborot–kutubxona fondini yorituvchi kataloglar va boshqa axborot berish shakllari orqali ma’lumot olish.

3.5.4. Foydalanuvchilar o’zlariga kerakli axborotni izlashda Markaz mutaxasisidan bepul maslaxatlar olish.

3.5.5. Axborot- kutubxona fondidagi har qanday xujjatdan vaqtinchalik foydalanish.

3.5.6. Kutubxonalararo abonement orqali xujjatlarga buyurtma berish, foydalanish, hamda ularning  qismidan belgilangan qonun doirasida nusxa olish.

3.5.7. Markazning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan pullik xizmatlar preyskurantida belgilangan xizmatlardan foydalanish.

3.5.8. O’qish zallarida bir vaqtning o’zida 3 tagacha kerakli adabiyotga buyurtma berish “xujjatlardan foydalanish soni cheklanmagan”

3.5.9. Foydalanuvchilarning talabi va ixtiyoriga ko’ra kutubxona xududidan Axborot–kutubxona xujjatlarini foydalanish uchun vaqtinchalik olib chiqish .

3.5.10. Foydalanuvchilar tomonidan uyga berilgan adabiyot / xujjatlarga so’rov talabi kam bo’lgan taqdirda, Markaz binosidan tashqarida foydalanish uchun 15 kun ko’p bo’lmagan muddatga uzaytirish.

3.5.11. O’quv zallaridagi mavjud komp’yuter uskunalaridan foydalanish .

3.5.12. Foydalanuvchi Markaz faoliyatini rivojlantirishga doir asosli taklif va mulohazalar berish.

3.5.13. Foydalanuvchilarning Markaz mutaxasislari tomonidan huquqlari poymol etilgan taqdirda, huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etish.

4. Foydalanuvchilarning majburiyatlari

4.1. Foydalanuvchilar ushbu Markazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishi shart.

4.2. Foydalanuvchi ro’yhatdan o’tish vaqtida markazdan foydalanish qoidalari bilan tanishish zarur.

4.3. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarida o’zgarishlar ro’y bergan taqdirda Markaz muttaxasisiga axborot berish kerak.

4.4. Markaz foydalanuvchisining majburiyatlari:

4.4.1. Markaz muttaxasislariga nisbatan xush muomila do’stona munosabatta bo’lishi lozim.

4.4.2. Foydalanuvchi so’roviga asosan qabul qilingan adabiyot / xujjatni ko’zdan kechirishi va biron bir nuqson aniqlangan taqdirda Markaz muttaxasisiga bu haqida ma’lum qilishi kerar.

4.4.3. Markaz fondidan olingan adabiyot hujjat, turli axborot tashuvchilar orqali foydalanish uchun qurulmalar, disklar va xokozolardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.

4.4.4. Foydalanuvchi markaz fondidan olgan adabiyot hujjatlarni belgilangan muddatlarda qaytarishi yoki uzaytirishi mumkin. Foydalanish vaqtini uzaytirish bo’yicha markaz muttaxasisinin ogohlantirish shart.

4.4.5. Markazdan chiqish vaqtida foydalanish uchun olingan adabiyot hujjatlar markaz muttaxasisiga topshiriladi yoki ochiq fondlardan olingan bo’lsa joyiga qayta joylab qo’yishi mumkin.

4.4.6. O’quv zallarida foydalanish uchun adabiyot hujjatlarini olib chiqish va boshqa zallarga o’tib foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Hamda kitobni yirtish, biror belgi chiziq qo’yish, sahifalarini buklash taqiqlanadi.

4.4.7 Ochiq fondlardagi kitoblarning joylashish tartibibni buzish, Katalog va kartoteka, kartichkalarga ziyon yetkazish hamda ularni olib tashlash mumkin emas.